Islom moliyasi tizimi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida Islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan Islom ekotizimining bir qismidir. Masalan, Islom dinida qarz berish yoki qarz olish evaziga foyda ko‘rish taqiqlangan, barcha moliyaviy jarayonlar esa haqiqiy iqtisodiy faoliyatga asoslangan bo‘lishi kerak. Odamga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarni moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi — masalan, qimor o‘yinlari, alkogol, tamaki mahsulotlari va boshqalar.
O‘zbekistonda keyingi yillarda sukuklarga qiziqish ortib borayotgani sezilsa-da, bu turdagi islomiy qimmatli qog‘ozlar amaliyotga joriy etilmagan. Shunga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati kelganligini ta’kidlab o‘tdi256. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmonida islom moliyalashtirish tamoyillari asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish bo‘yicha alohida vazifa belgilangan. Aytish mamkinki, kapital bozori uchun islom qimmatli qog‘ozlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Islomiy moliya tarmog‘i so‘nggi yillarda islomiy moliya FinTech sohalari bilan bir
qatorda, shuningdek, xalqaro moliyaviy xizmatlar sanoatida eng jonli va shu bilan birga hali
ko‘zga yaqqol tashlanmagan tarmoqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda islom moliyasi
sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institut lar esa jahonda
$2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda.
Islom moliyasi tarixiga nazar soladigan bo’lsak, Islom dini Payg‘ambarimiz Rasululloh
s.a.v orqali insoniyatga keldi va nisbatan qisqa muddatlarda Makka hamda Madina
shaharlarida keng tarqaldi
Islom banki shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy faoliyatdir. Islom bankining asosiy xususiyati bu kredit miqdori va muddatiga qarab hisoblangan foizlar yoki stavkalarni olishni taqiqlash hisoblanadi. Ushbu taqiq musulmonlarning ijtimoiy adolat va tenglik to‘g‘risidagi qonunlari bilan izohlanadi. Islom bank faoliyati esa bu shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy faoliyat.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega va yaqin kelajakda keng joriy qilinishi kutilayotgan soha – islomiy moliyalashtirishni joriy qilishda buxgalteriya hisobi va auditi masalalari ahamiyati ochib berilgan. Maqolada islom moliyasi banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlarda joriy qilinishi mobaynida buxgalteriya hisobi va auditining xalqaro islom tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga tashqi investitsiyalarni jalb qilishda ahamiyati va islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qo‘llashda xalqaro islom tashkilotlari standartlaridan foydalanishga zaruriyat borligi asoslangan. Shuningdek, O‘zbekistonda islom moliyasi xizmat turlarini keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar taqdim etilgan.
Islomiy bank tizimini tatbiq etish masalasi yurtimiz tadbirkorlari tomonidan uzoq yillar davomida yechimini kutayotgan vazifalardan biri sanaladi.Sababi Islomiy bank tizimi dunyoning boshqa davlatlarida an`anaviy bank tizimiga nisbatan muqobil tizim sifatida tanildi. Tijorat banklaridan farqli ravishda, islom banklar foyda va zararni teng taqsimlash orqali tadbirkor va ishbilarmonlarni e`tiborini tortdi. Ushbu tizim o`zining adolatliligi , moliyaviy inqirozga uchrash darajasining pastligi bilan nafaqat musulmonlarni balki boshqa din vakillarini ham o`ziga tortdi.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega bo‘lgan soha – Islom moliyasi xizmat turlaridan biri hisoblangan SUKUKNI keng joriy qilishning iqtisodiy ahamiyati va ta’lim dasturlarida o‘rganishning muhim kadrlar yetishtirishda zarurligi ochib berilgan. Maqolada sukukning keng joriy etilishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori (fond bozori), davlat va xususiy kompaniyalar uchun tashqi va ichki investorlarni jalb qilishda yangi moliyaviy vositalarni taqdim etishi bilan birga O‘zbekistondagi aholi va ko‘pgina biznes vakillari o‘z bo‘sh mablag‘larini qadriyatlariga mos ravishda ko‘paytirishiga imkon yaratilishi bo‘yicha dolzarb muammolarni hal etishga xizmat qilishi va Islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qo‘llashga zaruriyat borligi asoslangan. Shuningdek,O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorida an’anaviy aksiyalar va obligatsiyalar bilan birgalikda Islom moliyasi mahsulotlaridan biri hisoblangan SUKUKNI ham qo‘llash mumkinligi, buni dunyodagi yetakchi davlatlar ham amalda muvaffaqiyatli qo‘llayotganlari va O‘zbekistondagi sukuk bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqishga birinchi qadam qo‘yilgani, shuningdek, SUKUKNI ta’limga kiritish dolzarbligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda SUKUKNI keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar taqdim etilgan.
В этой статье исследуется значение времени в контексте социального развития в рамках ислама. Он исследует исторические, культурные и философские аспекты времени в исламской цивилизации, подчеркивая, как концепция времени повлияла на рост и эволюцию мусульманских обществ на протяжении веков.
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda islom moliyasining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Islom moliyasining joriy etilishida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
This article examines the problems related to Islamic banking and finance,working on the basis of Islamic law, and presents opportunities and obstacles of Islamic banking in Central Asia and Uzbekistan.
Ushbu maqolada shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni, Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi fikrlari o‘rin olgan bo‘lib, oilada o‘quvchilar hay otini tashkil etish, ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari,oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi,shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni xususida mulohazalar qayd etilgan.
В статье исследуются социально-просветительские и художественно-эстетические факторы творческого совершенства великого поэта и мыслителя Алишера Навои, во-первых, то, что он досканально изучив Коран и Сунну, без отклонений следовал этим двум могущественным источникам, во-вторых, что он читал труды великих исламских мыслителей, знатоков суфизма и непрерывно развивая их идеи, давал высокохудожественные интерпретatsiи в своих произведениях, в третьих, то, что он в совершенстве знал историю тюркского народа, которому он принадлежал, и что смог мобилизовать весь свой творческий и научный потенциал для защиты и возвышения чести и славы нaции. Обсуждаются то, как Алишер Навои следовал принципам веры и шариата, тафсиры и хадисы, прочитанные великим мыслителем, труды ученых суфизма. Его художественная интерпретatsiя религиозно-просветительских и философско-мистических идей на высоком уровне подтверждается анализом его творчества. Исследуется сущность частей «Хамсы», как «хамд» (хвала Аллаха), «мунаджат» (просьба Аллаху) и «наът» (восхваление пророка). Выдвигаются аналитические взгляды на взаимодополняемость исламизма и нaционализма, опора концепции творчества великого поэта на исламское просвещение, не помешавшее его произведениям выразить нatsiональный дух. В результате анализа делаются теоретические обобщения.
В данной статье описываются изменения, происходящие в Узбекистане. Речь пойдет о Новом Узбекистане, Третьем Возрождении. Также данаинформация об исламской цивилизации и Центре исламской цивилизации, его целях и задачах, его структуре.
Ushbu maqolada o‘zbek milliy tarbiyasi tajribasining tarixiy-pedagogik tavsifi hamda ajdodlarimizning tarbiya, milliy qadriyatlar haqidagi fikrlari bayon etilgan.
Maqolada axloq, axloqiy tarbiya, mutafakkirlar merosi, ularning durdona asarlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasini shakllantirishda foydalanish masalalari, ulug‘ bobokalonlarimizning tarbiya, bola tarbiyasi va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari yoritilgan.
maqolada muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta’limda talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, Odob-axloq normalariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Har bir millat yoki xalq avvalo o‘z qarashlari orqali ma'naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan dunyoda o‘z o‘rnini topmog‘i lozim. Bugun barchamizda ayniqsa, yoshlar ongi va dunyoqarashida yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz koriga yarash, vatanni sevish va ardoqlash bu borada milliy g‘oya masalasida yakdil bo‘lish hayotiy zarurat.
Сегодня физическое воспитание занимает особое место в общей культуре народов мира. Одной из необходимых задач является улучшение здоровья молодежи, обеспечение физического развития зрелого поколения, преподавание теоретических основ физического воспитания и спорта, проведение практических занятий.
maqolada muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta’limda talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, Odob-axloq normalariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqolada oila borasidagi diniy qarashlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, oila barqarorligida er-xotin munosabatlaridagi asosiy joy egallaydigan nikoh orqali oilani mustahkamlash, erkak hamda ayollarning huquq-majburiyatlari, oila tinchligi, sha’nini saqlashga katta e’tobor berilgan.
Har bir inson o‘z ajdodlari, o‘zining kimlar avlodidan ekanligini bilmog‘i lozim. Har bir millat vakili tarixga nazar solar ekan o‘zi va millatininmg kelib chiqishi va ushbu millatdan kimlar yetishib chiqganligini bilib oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir yosh avlod o‘z millati tarixini bilmog‘i lozim. “Tarix odam zodning hayot uchun kurashini, bu jarayonda uning takomillashuvini, yuksalishini, kam olotga intilishini aks ettiruvchi xotira daftaridir” degan ma’noli so‘zlar bejizga aytilmagan. Biz ham ushbu maqolamizda xotira daftarini o‘rganishga harakat qilamiz. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududidagi nekronimlarni, ularning nomlanish tarixini o‘rganar ekanmiz, islom dini kirib kelgandan keyin bu hududdagi nekronimlar asosan islom diniga aloqador insonlar ya’ni, shu yerlik xalqga islom dinini targ‘ib qilgan insonlar nomiga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Chimboy tumanining “Qamis ariq” APJda joylashgan Besim eshon qabristoni, Ellikqa’la tumanining “Sarabiy” OFYda joylashgan Muso eshon Bobo qabristoni. Bu ma’lumotlar asosida shuni anglashimiz mumkinki, Qoraqalpog‘iston hududida diniy ulamolar va ularning din yo‘lida qilgan ishlarini qadrlashgan va dafn qilingan qabristonga nomini berishgan
Havas” va “Hasad” tushunchalarini o‘rganish islom tafakkuridagi tuyg‘u va Hasad o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni oydinlashtiradi. Olimlar Hasad va u olib kelishi mumkin bo‘lgan nifoq, buzuqlik va hatto zo‘ravonlik kabi yomonliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidladilar.
В данной статье рассматриваются цели и задачи озеленения автомобильных дорог, санитарно-гигиенического состояния, а также совершенствование механизмов улучшения инфраструктуры городских уличных дорог.
Yangi ishlab chiqarish munosabatlarining paydo bo'lishi ko'pincha davlat tuzilmasida ham o'zgarishlarga olib keladi. Iqtisodiy tizimlar rivojlanar ekan, davlat o'z siyosati va institutlari ishlab chiqarishning yangi usullarini qo'llab-quvvatlashi va ularga yordam berishini ta'minlash uchun moslashishi kerak.
VIII‒XIII asrlarda Xorazm adabiy muhitining shakllanishida Xorazm arabiyzabon adabiyotidagi she’rlar, qasidalar, bir tomondan, ushbu muhit paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi madaniy aloqalar, madaniy ta’sir omillarini yoritishda ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy-siyosiy omillarni ochib berishda ham juda muhimdir. Madh va hajv eski arab muhitining ajralmas bo‘lagidir. Mazkur maqolada Xorazmdagi arabiyzabon badiiy adabiyot vakillaridan Abu Bakr Xorazmiy hayoti, uning she’riyati mavzu ko‘lami va asosiy yo‘nalishlari bayon qilingan bo‘lib, islom fathidan uch asrcha vaqt o‘tgach Xorazm mintaqasida yetishib chiqqan ko‘plab arabiyzabon shoirlar adabiy meroslarini to‘g‘ri tushunish va izohlashda adabiy manbashunoslik va matnshunoslikka muhim yangi ilmiy ma’lumotlar taqdim etadi.